Genriyetta For YuNISEFning yangi rahbari etib tayinlandi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Genriyetta Forni xalqaro tashkilot Bolalar fondi (YuNISEF) ijrochi direktori etib tayinladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Genriyetta For. Foto: YuNISEF

Bosh kotib mazkur lavozimda 2010-yildan beri ishlab kelgan Entoni Leykka “ishga bo‘lgan sadoqati va YuNISEF nufuzini mustahkamlashdagi mehnati” uchun minnatdorlik bildirdi.

 — «For xonim iqtisodiy rivojlanish, ta’lim va sog’liqni saqlash, insonparvarlik yordami, ommaviy ofat oqibatlarini bartaraf etish sohalarida ishlagan», – deya bayonot berdi bosh kotibning matbuot kotibi Stefan Djyuarrik. Uning so’zlariga ko’ra. 

Hozirgi paytga qadar 69 yoshli For Holsman International investitsiya kompaniyasi direktorlar kengashi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

U Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ma’muri va AQSh Davlat departamenti xalqaro ko‘mak bo‘limi direktori lavozimiga tayinlangan ilk ayol bo‘lgan. For bu yerda 2006—2009-yillarda ishlagan, undan oldin Davlat departamenti va moliya vazirligida boshqa vazifalarda mehnat qilgandi.

Fikr bildirish

Latest from Blog