/

Fransiyaning sobiq prezidenti korrupsiyada ayblanib uch yilga ozodlikdan mahrum etildi

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi korrupsiya va nufuzli savdo aybi bilan uch yilga hukm qilindi. Siyosatchi kamida bir yilni qamoqda oʻtkazishi kerak. Sud uni yana ikki yilga erkinligini chekladi.

Sud Sarkozini kassatsiya sudi xodimiga pora berganlikda aybdor deb topdi. Maʼlum boʻlishicha, sobiq prezident oʻzining prezidentlik kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirish boʻyicha tergov toʻgʻrisida maʼlumot olishga harakat qilgan.

Bu ishda Sarkozidan tashqari yana ikki ayblanuvchi — sobiq prezidentning advokati va doʻsti Terri Ersog va Kassatsiya sudining sobiq prokurori Gilbert Azibert ishtirok etmoqda. Uchchoviga ham 2014-yil iyulida ayblov eʼlon qilingan. Sud jarayoni oʻtgan yilning noyabr oyida boshlangan.

Zamonaviy Fransiya tarixida birinchi marotaba sobiq davlat rahbari shaxsan sudga tortildi.

Sarkoziga qarshi yana bir jinoiy ish ochilgan. Sobiq prezident Liviyaning sobiq prezidenti Muammar Kaddafiydan noqonuniy mablagʻ olganlikda gumon qilinmoqda.

Bundan tashqari, Fransiya milliy moliya prokuraturasi Sarkozining Rossiyaning RESO-Garantia sugʻurta kompaniyasi bilan tuzgan uch million yevrolik shartnomasi boʻyicha dastlabki tergov olib bormoqda. Ish “taʼsir oʻtkazuvchi savdo” va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishda gumon qilinib tergov qilinmoqda.

Nikolya Sarkozi 66 yoshda. U 2007-yildan 2012-yilgacha Fransiya prezidenti boʻlib ishlagan. Uning prezidentligi davrida Rossiya bilan bogʻliq eng muhim voqealardan biri bu 2008-yilgi Rossiya va Gruziya oʻrtasidagi urush paytida vositachilik missiyasi hisoblanadi.

Fikr bildirish

Latest from Blog