Fransuz hukumati mamlakatdagi eng eski AESni yopishga qaror qildi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Shu yo‘l bilan prezident Fransua Olland 2012-yilda bergan saylovoldi va’dasini bajarmoqchi. Fessenxaymdagi AESning yopilishi Fransiyada atom energiyasiga ehtiyojni kamaytirish dasturining bir qismi hisoblanadi.
Eski AES 1977-yildan buyon ishlab kelgan. Ohirgi yillarda atrof-muhitni himoya qilish tashkilotlari uning yopilishini talab qilib kelishgan. Kasabalar uyushmasi esa yopilmasligi uchun kurashadi.