Frankfurtdan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan samolyotda texnik nosozlik yuz berdi

Foto: Interfax.uz

15-sentyabr kuni rejalashtirilgan HY-232 Frankfurt — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnov havo kemasida vujudga kelgan texnik nosozlik tufayli bekor qilindi, deya xabar qilmoqdaUzbekistan Airways” AJ axborot xizmati.

Hozirda barcha yo‘lovchilar Frankfurt shahridagi mehmonxonaga joylashtirilgan. Ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot taqdim etilishi aytilgan.

“Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz, shuningdek, yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri tushunishingizni so‘rab qolamiz, — deyilgan xabarda.

Fikr bildirish

Latest from Blog