Foto: Samarqand shahrida Islom Karimov maqbarasi ochildi

Majmuaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov o‘z vasiyatiga ko‘ra, Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasi yonida dafn etilgan edi.

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda Birinchi Prezidentimizning davlatimiz va xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlariga munosib ulug‘vor maqbara majmua bunyod etildi.

Davlatimiz rahbari Samarqandga tashriflari davomida majmua qurilishining borishi bilan bir necha bor tanishdi. Ushbu maskanni yurtimizning eng qutlug‘ qadamjolaridan biriga aylantirish, ziyoratchilar uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilib, Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur’on tilovat qilindi.

Tadbir ishtirokchilari, mamlakatimizning barcha joylaridan kelgan yurtdoshlaimiz maqbarani ziyorat qilib, gullar qo‘ydilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga ham gul qo‘ydi.

Shu kuni Forumlar majmuasida elga ehson oshi tortildi.

Fikr bildirish

Latest from Blog