Senatning oʻn yettinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi.
Qonun bilan kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan fohishalik uchun jarima miqdori oshirildi, bu ish bilan shugʻullanish eng kam oylik ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha jarima solinishiga olib keladi (ilgari eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha).
Ushbu huquqbuzarlik bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi (ilgari eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha jarima).