FlyDubai aviakompaniyasi 25 senyatbr kuni Namanganga birinchi muntazam reysni amalga oshirdi, deya xabar qilmoqda Uzbekistan airports matbuot xizmati.
Mahalliy vaqt bilan soat 2:16 da Dubay — Namangan — Dubay yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan FlyDubai kompaniyasining Boeing 737 samolyoti birinchi marta Namangan xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Bort, an’anaga ko‘ra, suv arkasi bilan, ekipaj va yo‘lovchilar esa karnay va surnay sadolari ostida gullar bilan kutib olindi.
Dubaydan Namanganga muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay aeroportida joylashgan davlat aviakompaniyasi ilgari Toshkent va Samarqandni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘lagandi.