/

Finlyandiya juma kuni kechqurun Rossiya bilan chegarani sayyohlar uchun yopishi mumkin

Foto: EPA/Vostock-photo

Finlyandiya hukumati payshanba kuni Rossiya bilan yangi chegara rejimi bo‘yicha qaror qabul qilishi mumkin, deb xabar bermoqda Finlyandiya OAVlari.

Yle radioeshittirish portali Helsingin Sanomat gazetasiga tayanib, yangi rejim COVID-19 epidemiyasi davrida o‘rnatilgan qoidalarga o‘xshab ketishini ma’lum qildi: mamlakatga faqat alohida sharoitlarda kirish mumkin bo‘ladi. Nashr xabariga ko‘ra, 30-sentyabr, jumaga o‘tar kechasi Rossiya Federatsiyasidan sayyohlar uchun mamlakatga kirishni taqiqlash joriy etilishi mumkin.

Ish yoki talaba vizasini olish mumkin bo’ladi va Finlyandiyaga yaqin qarindoshlarni ziyorat qilish uchun ruxsat beriladi.

Mamlakat rasmiylari yangi viza siyosati haqida soat 13:00 da bo‘lib o‘tadigan brifingda ma’lum qiladi.

Shu oy boshida Finlyandiya hukumati Finlyandiya va boshqa Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan berilgan Shengen vizalari bo‘yicha Rossiyadan sayyohlarning o‘z hududiga kirishini taqiqlashni rejalashtirayotganini e’lon qildi.

19-sentyabrdan boshlab Estoniya, Litva, Latviya va Polsha rossiyalik sayyohlar uchun chegaralarini yopdi. Finlyandiya hozirda Rossiya bilan chegaradosh Yevropa Ittifoqining yagona davlati bo‘lib qolmoqda, u orqali ruslar Yevropa Ittifoqiga turistik vizalar bilan kirishlari mumkin.

Fikr bildirish

Latest from Blog