FIFA kubogi birinchi marotaba O‘zbekistonga olib kelinadi

O‘zbekiston terma jamoasi har to‘rt yillikning eng muhim futbol musobaqasi — Jahon Chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Shunday bo‘lsa-da, tarixda ilk bor FIFA kubogi O‘zbekistonga keladi.

FIFA World Cup™ tomonidan Trophy Tour by Coca-Cola aksiyasi doirasida yagona va takrorlanmas FIFA kubogi birinchi marotaba O‘zbekistonga olib kelinadi. Tur doirasida matbuot anjumani o‘tkaziladi, shuningdek, kubok o‘zbekistonliklar uchun namoyish etiladi.

Trophy Tour by Coca-Cola tadbiri har 4 yilda bir marta — Jahon Chempionati boshlanishidan oldin bo‘lib o‘tadi. Jahon kubogi bungacha Markaziy Osiyo mamlakatlariga sayohat qilmagandi.

6-fevral kuni Toshkentdagi tarixiy voqea davomida siz Coca-Cola’ning Facebook va Instagram’dagi rasmiy sahifasida o‘tadigan onlayn-tanlovda 50 ta chiptadan birini yutib olishingiz mumkin.

Fikr bildirish

Latest from Blog