Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastroning toʻngʻich oʻgʻli fan doktori Fidel Anxel Kastro Dias-Balart payshanba kuni ertalab Kubada oʻz joniga qasd qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Prensa Latina davlat axborot agentligiga tayangan holda.
Xabarda aytilishicha, soʻnggi bir necha oylar davomida Kastroga u chuqur tushkunlikka tushgani bois shifokorlar nazoratida boʻlgan. Avvaliga u gospitalda davolangan, soʻngra ambulator kuzatuv rejimiga oʻtkazilgan.
Olim oʻz joniga qasd qilishdan oldin maktub yozgan.
Oltmish sakkiz yashar Kastro Dias-Balart hodisa yuz bergan kunga qadar Kuba Davlat kengashi ilmiy masalalari boʻyicha maslahatchi va Kuba Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti boʻlgan, innovatsiyalar mavzusi bilan shugʻullangan.
Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro Rus 2016 yil 25 noyabr kuni 90 yoshida vafot etgan edi.