Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergiya markazi monitoring natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida Toshkent shahrida fevral oyining soʻnggi haftasida havoda daraxt va oʻsimliklar gul chang miqdori biroz oshgan.
Monitoring natijalari:
22-fevral kuni oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra 1m3 havoda sarvdoshlar oilasiga mansub daraxtlarning 17 ta hamda korilusning 3 ta gul changi aniqlangan.
Chorshanba kuni, 23-fevralda esa gulchang miqdori biroz oshgan. Yaʼni 1m3 havoda sarvdoshlar oilasiga mansub daraxtlarning 24 ta hamda 8 ta korilusning gul chang miqdori qayd etilgan.
24-fevral kuni sarvdoshlar oilasiga mansub daraxtlarning 86 ta, korilusning esa 9 ta gul changi aniqlangan.
25-fevral kuni havo harorati yuqori boʻlgan, yogʻingarchilik kuzatilmagan. Shuni hisobiga 1m3 havoda sarvdoshlar oilasiga mansub daraxtlarning 93 ta hamda korilusning 3 ta gul changi aniqlangan.
26-fevral kuni havo harorati biroz pasaygan, yogʻingarchilik kuzatilmagan. Shu kuni Toshkentda gulchang miqdori keskin kamangan. Yaʼni sarvdoshlar oilasiga mansub daraxtlarning 19 ta hamda korilusning 1 ta gul changi aniqlangan.
27-fevral kuni havo bulutli boʻlgan. 1m3 havoda sarvdoshlar oilasiga mansub daraxtlarning 10 ta, korilusning 2 ta gul changi aniqlangan.