Fatxulla Abdurahimov Shayxontohur tumani prokurori etib tayinlandi

Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari Fatxulla Abdurahimov Shayxontohur tumani prokurori etib tayinlandi, deb xabar beradi “Telegraf.uz”.

Fatxulla Abdurahimovga qadar tuman prokurori bo‘lib ishlagan Bekzod Shamsiyev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 17-boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Latest from Blog