Farrosh qiz fuqaroni qorniga pichoq urib, jarohat yetkazdi

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida AYoQShda farrosh bo‘lib ishlovchi qiz fuqaroning qorniga pichoq urdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Foto: yarnews.net

Xabarda qayd etilishicha, 10-yanvar kuni soat 19:00larda G‘uzor tumani “Chanoq” mahalla fuqarolar yig‘ini Navbahor ko‘chasi 134-uyda yashovchi, tuman hududida joylashgan “Avaz bobo” AYoQSh farroshi, 1998-yilda tug‘ilgan D.B. shu AYoQSh oldida o‘zaro janjal oqibatida 1998-yilda tug‘ilgan I.T.ning qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada I.T. kasalxonaga yotqizilgan. D.B. ushlangan.

Fikr bildirish

Latest from Blog