Farg‘ona viloyatida besh yoshli qizchani o‘ldirganlikda gumondor shaxs ushlandi. Bu haqda, maktabgacha ta’lim vazirligiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Oqbo‘yra qishlog‘idagi 6-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi Kibriyoxon 6-fevralga o‘tar kechasi o‘lik holda topilgan edi.
9-fevral kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiluvchi gumondor O. A. qo‘lga olindi.
Tergov davom etmoqda.