Fargʻona viloyatining uchta tumanida hokimlar oʻzgardi. Bu haqda Fargʻona viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Gʻayrat Mamadaliyev Rishton tuman hokimi lavozimidan ozod etildi. Bungacha Soʻx tumani hokimi boʻlib ishlagan Tavakkaljon Rahimov Rishton tumani hokimi etib tayinlandi.
Tavakkal Rahimovning oʻrniga Farrux Oʻsarov Soʻx tumani hokimi vazifasiga tayinlandi.
Alibek Tursunov boshqa ishga oʻtgani sababli egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Bagʻdod tumani hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan Behzod Ibragimov Buvayda tumani hokimi etib tayinlandi.