Fargʻona viloyati hokimligi brendni oʻzlashtirgan muallifni sudga beradi

Fargʻona viloyati hokimligi Brandson Branding Agency agentligining brendini oʻzlashtirib viloyat brendi sifatida taqdim etgan muallifni sudga beradi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar qildi.

Foto: Mediasat

Noyabr oyi boshida qoʻmita saytida Fargʻona viloyatining yangi brendi haqida xabar berilgandi. Tez orada ommaviy axborot vositalarida ushbu logotip aslida Rossiya milliy turistik brendi tanlovi finaliga qoʻyilgan logotipning nusxasi ekanligi haqida xabarlar paydo boʻldi.

Latest from Blog