Aktrisa Farangiz Rejametovani urib yuborgan haydovchiga nisbatan uy qamog‘i shaklidagi cheklov chorasi qo‘llanildi. Bu haqda, Oliy sud matbuot xizmatiga asoslanib, Repost xabar bermoqda.
Uning uydan chiqishi, ma’lum shaxslar bilan aloqa qilishi, xat-xabar olishi, aloqa vositalari yordamida muzokaralar olib borishi cheklandi.
Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tuman prokuraturasining iltimosini qondirib, JKning 266-moddasi 2-bandi bo‘yicha ayblanayotgan haydovchiga cheklov chorasi qo‘lladi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Zulfiqor Musoqovning “Oyijon” filmidagi bosh rol ijrochisi, aktrisa Fotima Rejametovaning qizi Farangiz Rejametova (Jamolxonova) 20-iyul kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan edi.