Eron politsiyasi Argentina terma jamoasi hamda «Barselona» klubi futbolchisi Leonel Messining qiyofadoshini politsiya mahkamasiga olib ketishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Gazeta.ru xabar qilmoqda.
Eronlik talaba Rezo Parastesh Hamadan shahrida Messiga o‘xshashligi sabab omma e’tiborini tortgan va u bilan suratga tushishni istaganlar bir joyga to‘planishgan. Tartib posbonlari Messining qiyofadoshini va unga tegishli mashinani politsiya mahkamasiga olib ketishgan.
25 yoshli Rezo Parateshning «Barselon» futbolkasini kiyib tushgan surati judayam mashhur bo‘lib ketgan edi.