Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya urushni to‘xtatish bo‘yicha har qanday muzokaralar uchun “mos qabul qiluvchi tomon” bo‘lishi mumkin.
Seshanba kuni Anqarada Turkiya va Ukraina prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Rejep Tayyip Erdog‘an Anqara Ukraina hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashini va urushni to‘xtatish yo‘lida diplomatik sa’y-harakatlarga yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi.
“Ukraina hududiy yaxlitligi masalasida bizning yordamimizga tayanishi mumkin. Biz tinchlikka erishish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilishga tayyormiz”, — dedi Erdog‘an.
Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan asirlarni almashishda ishtirok etgani uchun Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.
Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya urushni to‘xtatish bo‘yicha har qanday muzokaralar uchun “mos qabul qiluvchi tomon” bo‘lishi mumkin.
“Türkiye will be an ideal host for potential talks between Russia, Ukraine and the U.S.” https://t.co/0aKAPKexGl pic.twitter.com/5kgriXRPD7
— Presidency of the Republic of Türkiye (@trpresidency) February 18, 2025
Erdog‘an Turkiya urush boshlangan dastlabki kunlardanoq muzokaralar orqali tinchlikka erishish uchun “urushda g‘oliblar, tinchlikda esa yutqazuvchilar bo‘lmaydi” tamoyiliga asoslangan holda katta sa’y-harakatlar qilganini aytdi.
Zelenskiy Erdog‘an bilan Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatishga yordam berishi mumkin bo‘lgan “global jarayonlar, jumladan, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarning ahamiyati” haqida suhbatlashganini ma’lum qildi.
Qo‘shma matbuot anjumanida Zelenskiy Rossiya va AQSh o‘rtasida Er-Riyodda o‘tkazilgan muzokaralarni Kiyev uchun “kutilmagan hodisa” deb atadi.
“Biz ular haqida ommaviy axborot vositalaridan bildik”, — dedi Zelenskiy.