Elektr energetika sohasida regulyator tashkil etiladi. Bu haqda iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.
U banklarning regulyatori — Markaziy bank kabi bozorning barcha qatnashuvchilari faoliyatini nazorat qiladi va tartibga soladi.
“Regulyator shunday bo‘ladiki, ertaga energetika bozorida ishlab chiqaruvchi, sotuvchi, kim bo‘lishidan qat’iy nazar — hamma litsenziya oladi”, — dedi Jamshid Qo‘chqorov.
Bugungi kungacha agar kimdir shamol yoki quyosh stansiyasini qurayotgan bo‘lsa, u “O‘zMET»ga ma’lum bir yilgacha ma’lum bir narxda elektr energiyasini kafolatli sotishga kelishgan.
“Bu yaxshi va oson biznes. Regulyator ishga tushgach, elektr energiyasining ulgurji bozori shakllangandan keyin u [«qora bozor»] ochiq bozor bo‘ladi”, — dedi vazir.
Unga ko‘ra, xorijiy investor biror turdagi elektr stansiyasini qurmoqchi bo‘lsa regulyatorga murojaat qiladi va yer so‘raydi, keyin quradi.
Avvalroq Jahon banki elektr energetika sektori transformatsiyasiga $380 mln ajratishi haqida xabar bergandi.
Yashil iqlim jamg‘armasi (YIJ) esa tiklanadigan energiya manbalari xatarlarini yumshatish tashabbuslari doirasida $43 mln taqdim etadi.
YIJ, shuningdek, loyiha doirasida alohida tadbirlarni amalga oshirish uchun $4 mln.lik grant ajratadi.