Endilikda xonandalar «O‘zbekkontsert»dan litsenziya olish uchun Badiiy Kengash oldida jonli kuylab beradilar

Avvallari xonandalar o‘z qo‘shiqlarini diskka yozdirib, qo‘shiq matnlarini ilova qilgan bo‘lsalar, endilikda esa ular “O‘zbekkontsert” davlat muassasasiga kelib o‘z repertuarlaridagi qo‘shiqlarni shoir, bastakor hamda ustoz xonandalardan iborat Ijodiy vakillar guruhi oldida jonli ijroda kuylash orqali taqdim etadilar.

Foto: Uzbekkoncert

Shundan so‘ng ijodiy guruhning xulosasidan kelib chiqib, badiiy jihatdan puxta qo‘shiqlar ijrochilariga litsenziya beriladi. Bu haqda “O‘zbekkontsert” davlat muassasasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, yaqinda Ijodiy vakillar guruhining navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda 32 nafar litsenziatning qo‘shiqlari Kengash a’zolari oldida jonli ravishda tinglangan.

Qayd etilishicha, Prezident virtual qabulxonasiga litsenziya olish tartibi yuzasidan turli savol va takliflar kelib tushmoqda. Shu munosabat bilan ilk marotoba oshkora tartibda, shaffoflik tamoyili asosida ochiq Badiiy Kengash tashkil etilmoqda.

Mazkur yangiliklar xalqimiz, ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan sayoz, saviyasi past, milliy ma’naviyatimizga zid bo‘lgan qo‘shiqlar paydo bo‘lishini bartaraf etish maqsadida qilinmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog