Endi Rossiya IIV xodimlari O‘zbekistonda dam olishlari mumkin

Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev muassasa xodimlariga dam olish uchun xavfsiz bo‘lgan chet mamlakatlar ro‘yxatini tasdiqladi, dea ma’lum qildi Rossiya Turoperatorlar Assotsiatsiyasi.

Samarkand - Korrespondent Uzbekistan - Ikhtiyor Rakhman
Foto: Korrespondent O‘zbekistan

Ichki ishlar vazirining 26-dekabrda imzolangan “Rossiya Federatsiyasi IIV xodimlarining dam olish maqsadida mamlakat hududini tark etish to‘g‘risidagi” buyrug‘iga binoan muassasa xodimlari borishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati bir necha ko‘rsatgichlar bo‘yicha tanlab olingan.

“Ichki ishlar xodimlari dam olish uchun borishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati, harbiy-siyosiy, kriminogen, sanitar-epidemiologik va tabiiy ofatlar ehtimolini hisobgan olgan holda tuzildi”, — deyilgan xabarda.

Ushbu ro‘yxatga O‘zbekistondan tashqari Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Vetnam, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Kuba, Tojikiston, Turkmaniston va Janubiy Osetiya kiritilgan.

Oldin ushbu yo‘nalishlar orasida Turkiya va Misr ham bor edi, lekin bo‘lib o‘tgan teraktlar va Yaqin Sharqdagi umumiy notinchlik tufayli ushbu yo‘nalishlar ro‘yxatdan chiqarilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog