Endi o‘zbekistonliklar yana bir davlatda 30 kun vizasiz yurishi mumkin

Endilikda O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari Tailandda 30 kun vizasiz qolishlari  mumkin.

Qayd etilishicha, Tailand hukumati mamlakat Turizm boshqarmasi va turoperatorlarning xorijiy sayyohlar uchun vizasiz qolish muddatini oshirish bo‘yicha taklifini ma’qullagan. Hukumatning 19-avgustdagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari Tailandda 15 kun o‘rniga 30 kun qolishi mumkin.

Tailandga viza olmasdan kirish huquqiga ega xorijliklar uchun esa mamlakatda vizasiz qolish muddati 30 kundan 45 kungacha uzaytiriladi.

Qabul qilingan qarorlar qirollik gazetasida e’lon qilinishi bilanoq, ular rasman kuchga kirgan, deb hisoblash mumkin bo‘ladi.

Amaldagi qoidalarga ko‘ra, mamlakatga kirish uchun koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganlik sertifikati yoki 72 soatdan kechiktirmay o‘tkazilgan PZR-testini taqdim etish kerak.

Fikr bildirish

Latest from Blog