Elyor G‘aniyev yangi lavozimga tayinlandi

Elyor G‘aniyev O‘zbekiston Prezidenti devonxonasi sektor mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Daryo” o‘zining ishonchli manbasiga tayanib ma’lum qildi.

Elyor G‘aniyev. Foto: XPK

Avvalroq, 2012-yil yanvaridan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Elyor G‘aniyev o‘z lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi. Hozircha bu borada boshqa tafsilotlar ma’lum emas.

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 13-apreldagi farmoni bilan, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Tashqi savdo vazirligi etib qayta tashkil etilgan edi.

Latest from Blog