“Elektron hukumat” markazi rahbari etib Zafar Rahmatullayev tayinlandi

Zafar Rahmatullayev “Elektron hukumati” tizimini rivojlantirish markazi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda, markaz matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Zafar Rahmatullayev (chapdan ikkinchi). Foto: “Elektron hukumati”

Muqaddam Zafar Rahmatullayev Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi (avgust oyida Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markaziga aylantirildi) direktori sifatida ishlagan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari, “Xavfsiz shahar” loyihasi realizatsiyasi uchun javobgar Mirodil Sangilov ushbu markazning yangi rahbari etib tayinlandi.

Latest from Blog