Dunyodagi eng yoshi ulug‘ odam deb hisoblangan italiyalik ayol Emma Morano 117 yoshida vafot etdi. Bu haqda La Republica 15-aprel kuni xabar berdi.
Emma Morano o‘zinig uzoq umr ko‘rish sirini bir kunda uchta tuxum, go‘sht yeyish va hayotini yolg‘iz o‘tkazganligida deb bilar edi.
Morano 2016-yilning may oyida amerikalik Suzanna Mushatt Jonsning vafotidan so‘ng, sayyoramizdagi yoshi eng ulug‘ inson deb qayd etilgan edi. Italiyalik ayol shuningdek, 1900-yilgacha tug‘ilgan ohirgi inson edi.