O‘zbekistonning AQShga tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Javlon Vahobov AQSh prezidenti Donald Trampga ishonch yorlig‘ini topshirdi.

Tramp O‘zbekiston tomonidan keyingi yil davomida amalga oshirilgan sa’y-harakatlar respublikaning aniq islohotlarni joriy etishni maqsad qilganini tasdiqlashini bildirdi. U bolalar mehnatiga barham berish hamda davlat boshqaruvi tizimida shaffoflik ta’minlanishidagi oldinga siljishni olqishladi.
«Vashington mintaqaviy sheriklik hamda Afg‘onistonni barqarorlashtirish yo‘lini qurayotgan kuchli va mustaqil O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlaydi», — dedi u.
AQSh rahbari shuningdek, O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga xizmat qilgan «ahil qo‘shnichilik siyosatini» olqishlashini ta’kidladi. U Qirg‘iziston bilan chegaralarning katta qismini delimitatsiya qilish yuzasidan rasmiy Toshkent tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlarning samaradorligini qayd etdi.