Oʻzbekiston Markaziy banki 26 dekabrdan eʼtiboran xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Oʻtgan haftadagi qiymat bilan solishtirganda dollarning kursi 18,45 soʻmga koʻpaydi va 8120,07 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 96,40 soʻmga qimmatlashib, 9624,72 soʻmni tashkil qildi.
Rossiya rubli 1,37 soʻmga qimmatlashib, 139,30 soʻmni tashkil qildi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.