Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov Facebook’dagi sahifasida Toshkent shahrida yengil avtotransport vositasi oynalari tonirovkasi (qoraytirish) uchun beriladigan ruxsatnoma surati bilan bo‘lishdi.
16 million so‘m to‘lash evaziga bir yilga beriladigan ruxsatnoma surati Telegram-kanallardan biridan olingan.
Avvalroq tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, qoraytirishga ruxsatnoma berganlik uchun to‘lov jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining 90 baravari (16 587 000 so‘m)da bo‘lishi belgilangan edi.