O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi jamoatchilik, abiturientlar va ularning ota-onalari uchun test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha bir nechta yangilikni ma’qul qildi.
Ular bilan tanishing:
- Test sinovlari 1 avgustdan 15 avgustga qadar o‘tkaziladi.
- Kirish test sinovlari natijalari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
- Test sinovlari Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilonlarida, unga yondosh qo‘shimcha yig‘ma pavilonlarda, katta sig‘imdagi binolarda, viloyatlarda Olimpiya zahiralari kollejlari yoki boshqa tashkilotlarga tegishli sig‘imi katta binolarda o‘tkaziladi.
- Alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, musiqiy ta’lim, san’atshunoslik, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida test sinovlari bo‘lmaydi.
- Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga abituriyentlarni shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya qurilmalari, metallodetektorlar orqali kiritilishi, jarayonni yoritish uchun monitorlar o‘rnatilishi belgilandi. Abituriyentlarning ota-onlari uchun test sinovlarini videokuzatuv orqali onlayn rejimda kuzatib borish imkoniyatlari yaratiladi.
- Davlat test markazi xodimlarining soni keskin ko‘paytirilgan tuzilmasi qabul qilinmoqda.
- Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkiletilmoqda.
Davlat test markazi barcha turdagi va shakldagi davlat yoki nodavlat ommaviy axborot vositalari vakillarini test sinovlari to‘g‘risida aniq va muhim ma’lumotlarni e’lon qilish zaruriyati tug‘ilganda avvalo Davlat test markazining Axborot xizmati bilan bog‘lanishlarini, e’lon qilinuvchi ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlab olishlarini so‘raydi.