Vazirlar Mahkamasining 27-noyabrdagi 876-son “Davlat ehtiyojlari uchun sholi xarid qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Shu yil hosilidan boshlab davlat ehtiyojlari uchun sholini sholi yetishtiruvchi xo‘jaliklardan “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining don qabul qilish tashkilotlari sotib oladi. Buning uchun ular o‘rtasida kontraktatsiya shartnomalari tuziladi. Ular kelishilgan bozor narxlarida xarid qilinadi.
Xaridlarni moliyalashtirish va sholi yetishtirish hamda uni qayta ishlash tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish uchun “O‘zdonmahsulot” AK maqsadli jamg‘arma tashkil etadi.
Tasdiqlangan sxemaga ko‘ra, har yili 1-maygacha moddiy-texnik resurslarni sotib olish, jumladan, urug‘ va xizmatlar to‘lovi uchun avans to‘lovlari ajratiladi. 1-dekabrgacha davlat ehtiyoji uchun tovar va urug‘-sholi xomashyolari haridi amalga oshiriladi. Sholi yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan oxirgi hisob-kitoblaryil yakunida amalga oshiriladi.
“O‘zdonmahsulot”ning don qabul qilish tashkilotlariga, istisno tariqasida, budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilar bilan sholi yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berildi. Bundan narxlar ichki bozoridagi o‘rtacha narxlardan oshmaydigan bo‘lishi zarur.