Chorvoqda yer ko‘chishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi


13-aprel kuni soat 07:50 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Bog‘iston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi 4R-10 “Chorvoq suv ombori aylanma yo‘li”ning 47 km. da yer ko‘chkisi sodir bo‘lgan. Ko‘chki avtomobil yo‘lining o‘ng tomonidan pastlikka ko‘chgan. Ko‘chkining o‘lchami: eni 10-15 metr; balandligi (chuqurligi) 1-1,5 metr; uzunligi 10-14 metrni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati tarqatgan xabarda aytilishicha, ko‘chki tushishi oqibatida yo‘ldan o‘tayotgan Damas rusumli avtomobili pastga qulagan. Natijada avtomobilda bo‘lgan ikki nafar fuqaro jabrlangan.

Jabrlangan fuqarolarning biri Bo‘stonliq tumani Tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotganda vafot etgan.

Jabrlangan fuqarolar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani “Bog‘iston” MFYda istiqomat qilishi ma’lum bo‘ldi.

Toshkent viloyati FVB, IIB, Bo‘stonliq tumani xokimiyati va “O‘zavtoyo‘l” xizmati bilan hamkorlikda ko‘chki tushgan avtomobil yo‘lini tozalash ishlari olib borilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog