IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida 2-dekabr kuni poytaxtning Chilonzor tumanida fohishaxona faoliyati fosh etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Aytilishicha, Qorayev Ruslan Ilxomjonovich Chilonzor tumani 3-mavzesida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 100 ming so‘m evaziga fuqaro B. va K.larga jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.