Chilonzor tumaniga 17-apreldan Hidoyatov Davron Abdulpattahovich hokim lavozimiga tayinlandi. Abdusamatov Baxtiyor Xasanovich esa Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Abdusamatov Baxtiyor Xasanovich 1976-yilda Toshkent shahri, Yashnobod tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2003-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Hidoyatov Davron 1976-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1998-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan.