22-may kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Gulsara Shodiyeva (ism-sharifi o‘zgartirilgan) Chilonzor tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona tashkil etgani aniqlandi.
Foto: WallpapersCraft
Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u 80 000 so‘m pul evaziga fuqarolar“A” va “B” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.