Chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi

2018-yil 4-oktabrdan boshlab “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi.

0017 Korrespondent.uz Zapret kalyan v obshest v Uzbekistane
Foto: sigaretkam.net

Chilim va elektron sigaretalar chekishni reklama qilish, ya’ni chilim va elektron sigaretalar chekish usullari va yo‘llari, shuningdek ularni olish joylari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tarqatishga qaratilgan faoliyatga yo‘l qo‘yilmaydi.

Chilim va elektron sigaretalar chekishni targ‘ib qilish, ya’ni chilim va elektron sigaretalarni chekishni rag‘batlantiruvchi, shaxsda ularni iste’mol qilishning zararsizligi haqidagi tasavvurni shakllantiruvchi g‘oyalar, qarashlar va badiiy obrazlarni ochiq yoki yashirin shaklda tarqatishga qaratilgan harakatlar taqiqlanadi.

Shuningdek, chilim va elektron sigaretalar chekish savdo majmualari, ovqatlanish joylari, kinoteatr va teatrlar, muzeylar, klublar, ko‘p kvartirali uylarning yo‘laklari kabi jamoat joylarida chekish taqiqlanadi.

Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan nazoratni ichki ishlar organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.

Elektron sigareta nikotinni yoki nikotinsiz mahsulotni yetkazish vositasi sifatida foydalaniladigan, nafas olib yutish uchun mo‘ljallangan aerozol (bug‘) hosil qiladigan elektron moslamadir.

Fikr bildirish

Latest from Blog