Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Xitoyga tashrif buyurdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey kecha, 31-yanvar kuni Xitoyga rasmiy tashrif bilan bordi.

Foto: www.independent.co.uk

Tereza Mey Xubey viloyatidagi talabalar shaharchasi Uxan shahrida bo‘ldi.

Mey shuningdek, Xitoyga uch kunlik tashrifi davomida Xitoy davlat rahbari Shi Jinping bilan uchrashadi.

Tereza Meyga energiya shirkati “British Petroleum” (BP) va “Jaguar” hamda “Land Rover” avtomobil kompaniyalari rahbarlari bilan bir qatorda, jami 50 kishilik delegatsiya hamrohlik qilmoqda.

Ushbu tashrifdan asosiy maqsad ikki tomonlama savdoni faollashtirish va optimallashtirish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishdan iborat.

Tereza Mey ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning yaqinligi ta’lim sohasidagi hamkorlikda o‘z aksini topishini ta’kidladi.

Buyuk Britaniyada 155 ming xitoylik talaba tahsil olayotganligini va davlat iqtisodiyotiga 7 mlrd dollar foyda olib kelganligini ma’lum qilgan Tereza Mey, ikki davlat o‘rtasida imzolangan bir qator shartnoma asosida ta’lim sohasidagi hamkorlikning yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishini bildirdi.

Fikr bildirish

Latest from Blog