O‘zbekiston “Adolat” SDP Buxoro viloyat Kengashi va Buxoro madaniyat kasb-hunar kolleji hamkorligida “Yosh avlodni axborot asrida “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’sirlaridan asrash – muhim vazifamizdir” mavzusida davra suhbatini tashkil etildi deya xabar berdi «Korrespondent O‘zbekiston» muxbiriga partiyaning viloyat Kengashi matbuot kotibi Mohigul Abdullayeva.
Foto: “Adolat” SDP Buxoro viloyat Kengashi matbuot xizmati
Tadbirda partiya xodimlari, o‘quvchi yoshlar o‘zlarining fikr-mulohazalari bilan ishtirok etishdi. Unda yoshlar axborotdan, internetdan qay tartibda foydalanib kelayotganligi, ommaviy madaniyatning salbiy ta’siri to‘g‘risida o‘z fikrlarini ijtimoiy so‘rovnoma asosida bayon etishdi.
Davra suhbati davomida partiya viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Zuhro Mirzahamdamova mavzu yuzasidan partiya viloyat Kengashi doirasida o‘tkazilayotgan chora-tadbirlar, amaliy ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga so‘zga chiqqan Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi Buxoro viloyat bo‘limi direktor o‘rinbosari Shuhrat Karimov axborot olish borasidagi aholining eng faol qismi yoshlar ekanligi, ularni manbadan foydalanish jarayonida albatta eng avvalo ota-ona va mahalla birdek ma’suliyatni his qilishi lozimligi ta’kidlandi. Davra suhbatida axborot makonining globallashuv jarayonida yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, buni amalga oshirishda barcha birdek keng jalb qilish maqsadga muvofiq ekani to‘grisida aytib o‘tdi.