2-fevral kuni Buxoroning Kogon tumanida Matiz avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida haydovchi va uning yo‘lovchisi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Anons.uz”.
Holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.