1952-yilda tug‘ilgan nafaqaxo‘r Q.Itolmasov Buxoro tuman ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati.
Fuqaro o‘z arizasida noma’lum shaxs uning xonadonida bo‘lgan temir sandig‘i ichidan 600 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.
Ichki ishlar organlari tezkor xodimlarining sa’y-harakatlari bilan ushbu jinoyat fosh etildi. Aniqlanishicha, jabrlanuvchi Q.Itolmasovning kelini 1977-yilda tug‘ilgan M.Sultonova qaynotasining uyda yo‘qligidan foydalanib, uning yashash xonadoniga kiradida, u yerda ochiq holda turgan temir sandiq ichidan 600 AQSh dollarini yashirin ravishda qo‘lga kiritadi.
Hozirgi kunda o‘z xonadonida o‘g‘rilik qilgan kelinga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi(O‘g‘rilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.