Buxoroda deputatlar xalq bilan amaliy muloqot qilmoqda


Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi Qodir Jo‘rayevning Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi qator mahallalarda fuqarolar bilan olib borgan muloqotlari tashkil etilmoqda. Bu haqda «Korrespondent«ga partiyanig Buxoro viloyati kengashi matbuot kotibi xabar qildi.

Deputat tumandagi “Qipchoq”, “Qo‘ng‘irot” QFYdagi xonadon egalari bilan olib borgan muloqoti xalqni yanada yaqinlashtirdi.

Muloqot jarayonida yutuqlar bilan birga kamchiliklar ham o‘rganilar ekan, ularning yechimini topishda alohida e’tibor qarilmoqda. Xususan, “Beshrabot” MFY “Qo‘ng‘irot” qishlog‘idagi 68-uyda yashovchi G‘olib Husenov parrandachilik bilan shug‘ullanish va issiqxona qilish maqsadida tuman “Xalq banki”ga kredit olish uchun murojaat qilganligi, ammo murojaati hal etilmaganligi to‘g‘risida ma’lum qildi. Deputat bu masalani o‘rganib, deputatlik nazoratini o‘rnatdi.

Shuningdek, tumandagi qator ta’lim maskanlarining ijtimoiy ahvoli, yutuq hamda kamchiliklari o‘rganilib, tahlil qilindi. Iqtisodiyot kasb-hunar kollejida bo‘lgan deputat u yerdagi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, dastlab, ta’limdagi imkoniyatlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Fikr bildirish

Latest from Blog