Buxorodagi Jazoni ijro etish koloniyasida 39 nafar mahbusga insonparvarlik dalolatnomalari qo‘llanildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolovga tayanib “Daryo” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tuman sudi tomonidan 6-son mintaqaviy hudud 1-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo o‘tayotgan 39 nafar mahbusga nisbatan insonparvarlik dalolatnomalari qo‘llanilgan.
Tuzalish yo‘liga o‘tgan, koloniyada o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalariga to‘liq rioya qilgan va intizomiy jazolanmagan 16 nafar mahkumga nisbatan 73- modda (jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish) va 74-modda (jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish)lari qo‘llanilgan. Ular qamoqdan muddatidan ilgari, shartli ozod qilingan. Uch nafarining bu haqdagi so‘rovi esa harakatdagi intizomiy jazosi mavjudligi uchun rad etilgan.