Bulung‘ur tumanidagi AYoQShda qotillik yuz berdi

15-avgust kuni soat 07:30 larda Bulung‘ur tumanidagi 1-sonli AYoQSh operatori xonasiga kirish eshigi zinasi oldidan Bulung‘ur shahridagi avtomashinalarni yuvish shoxobchasida ishchi bo‘lib ishlagan 1994-yilda tug‘ilgan I.A.ning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

Foto: Daryo

Olib borilgan tezkor ishlar natijasida Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi TB, JQB va tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan aniqlanishicha, 15-avgust kuni soat 02:00 larda A.I.ning ish joyi bo‘lgan avtomashinalar yuvish shoxobchasiga 1995-yilda tug‘ilgan Q.O. kelib, marhum bilan o‘zaro janjallashib, pichoq bilan A.I.ning chap ko‘krak sohasiga, chap tomon to‘sh sohasiga, o‘ng va chap qo‘l bilak yuqori uchligiga, chap qo‘l bilak o‘rta uchligiga va chap qo‘l kaftiga sanchilib kesilgan jarohatlar yetkazgan. Olgan tan jarohatlari oqibatida I.A. vafot etgan.

Holat yuzasidan Q.O.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog