/

Bukingem saroyi Charlz IIIning toj kiydirish marosimi sanasini eʼlon qildi

Britaniya qiroli Charlz IIIga toj kiydirish marosimi 2023-yilning 6-mayida o‘tkaziladi. Bu haqda Bukingem saroyi maʼlum qildi.

Marosimni Vestminster abbatligida Kenterberiy arxiyepiskopi o‘tkazadi. Charlzning rafiqasi Kamillaga ham shu kuni toj kiydiriladi. U konsort-qirolicha maqomiga ega bo‘ladi.

73 yoshli Charlzning onasi qirolicha Yelizaveta II 8-sentyabrda Shotlandiyadagi Balmoral qasrida 96 yoshida vafot etgan edi. U taxtga 1952-yilda o‘tirgandi. Yelizaveta II Britaniya va Angliya tarixidagina emas, jahon tarixida taxtda eng uzoq muddat o‘tirgan qirolicha bo‘ldi.

Fikr bildirish

Latest from Blog