Bugun xalqaro Rahmat kuni: rahmat deyishni unutmadingizmi?

Har yili butun dunyoda Xalqaro Rahmat kunini nishonlanadi. Bu bayram 11-yanvarga to’g’ri keladi. Ushbu bayram atrofingizdagi insonlarga ulardan minnatdorligingizni bildirish uchun ajoyib imkoniyat.

«Xalqaro Rahmat» kunining kelib chiqishi aniq emas. Uni kim, qachon va qaerda amalga kiritganini hech kim bilmaydi. Turli tabriknomalar bilan savdo qiluvchi kompaniyalar ushbu bayramning ommalashuvida jonbozlik ko’rsatishgan va ular bundan manfaatdorlar ham. Ko’pchilikning e’tiborini esa minnatdorchilik kuning keng miqyosda nishonlashini jalb qilmoqda. Hayotingizning yaxshiroq va chiroyli bo’lishiga ko’maklashadigan insonlarga minnatdorlichilik bildiring va ular bilan bu kunni nishonlang. Bir so’z bilan atrofingizdagilarning baxtli bo’lishiga ishonasizmi? Biz esa ishonamiz. Buni sinab ko’rishni hozirdan boshlang.

Ba’zi hollarda boshqalarga minnatdorchilik bildirishni unutamiz. Biz faqat o’zimiz haqidamizda o’ylaymiz, qarindoshlarimiz va do’stlarimiz biz uchun qilgan, qilayotganlarini sezmaymiz. Xushmuomala bo’ling, boshqalarni o’ylang, keyin esa oddiy «rahmat» deyishni odat qiling. Shunda kunlar yanada yaxshiroq va mazmunliroq bo’ladi. Darvoqe, yaqinlarimizni yaxshi ko’rishimizni aytishimiz uchun 11-yanvarni kutish shart emas!

Fikr bildirish

Latest from Blog