Vazirlik xabariga ko‘ra, joriy o‘quv yilida 702 000 nafar bolalar umumta’lim maktablari 1-sinfiga qabul qilindi. Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.
Maktablarda tahsil olayotgan 6 469 737 nafar o‘quvchi ishtirokida tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida mahalliy hokimliklar hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida tashkil etildi, unda maktablar ko‘zga ko‘ringan bitiruvchilari hamda davlat idoralari rahbarlari qatnashdi.
Respublikadagi barcha umumta’lim maktablarida 2022-2023 o‘quv yili birinchi dars soati — “Mustaqil darslari” bo‘lib o‘tyapti.