Bu yilgi test sinovlari 8-avgustdan boshlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida Davlat test markazi mas’ul xodimi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, oldingi yilgi tajribadan kelib chiqib, test o‘tkazish vaqtlarini birinchi smena uchun soat 07:00 dan 10:00 gacha, ikkinchi smena uchun 19:00 dan 22:00 gacha belgilash rejalashtirilgan.
Imtihonlar 10 kundan 13 kungacha davom etishi mumkin.
Test sinovlarini o‘tkazish uchun 58 ta stadion va xiyobon tayyorlanmoqda.
Bundan avvalroq yangi o‘quv yili mavsumi uchun bir milliondan ortiq abituriyent kirish imtihonlarida ishtirok etishi kutilayotgani xabar qilingandi.