//

«Bu terrorni to‘xtatishga yordam bering» Yelena Zelenskaya AQSH Kongressida nutq so‘zlab, qo‘shimcha qurol so‘radi

Foto: Interfax.uz

Ukrainaning birinchi xonimi Yelena Zelenskaya AQSH Kongressi aʼzolariga murojaat qilib, qonunchilarni mamlakatni Rossiya tajovuzidan himoya qilish uchun Ukraina qurolli kuchlariga harbiy yordam ko‘rsatishga chaqirdi, deb yozadi BBC.

Ukrain tilida nutq so‘zlagan Zelenskayani qonunchilar qarsaklar bilan kutib oldilar. Nutqini boshlar ekan, u bu boshqa davlat prezidenti rafiqasining AQSH Kongressidagi birinchi nutqi ekanligini taʼkidladi.

Zelenskaya nutqining boshlanishi oila, bolalar va Rossiya agressiyasi tomonidan buzilgan dunyoga bag‘ishlandi. U shahar maydonlaridan birida ruslarning zarbasidan vafot etgan va bu urush paytida tinch ukrainaliklarning azob-uqubatlarining timsoliga aylangan vinnitsalik qiz Lizaning videosini ko‘rsatdi. Zelenskaya shuningdek, Kremenchukdagi zarba va Rossiya agressiyasining boshqa ko‘plab qurbonlarining fotosuratlari va videolarini ulashdi.

2022-07-20-T165943-Z-308752483-RC2-RFV9-MOJ10-RTRMADP-3-UKRAINE-CRISIS-USA-CONGRESS-copy
Foto: REUTERS

Ukrainaning birinchi xonimi kongressmenlarga Ukrainani himoya qilish maqsadida Ukraina Qurolli kuchlari uchun qurol va havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishni davom ettirish iltimosi bilan murojaat qildi. «Qo‘shma Shtatlar, afsuski, o‘z tajribalaridan teraktlar va ularning oqibatlari qanday bo‘lishini va terrorchilarga qarshi qanday kurashishni biladi. Ukraina xalqiga terrorni to‘xtatishga yordam bering», – dedi u.

Zelenskayaning taʼkidlashicha, samarali havo hujumidan mudofaa tizimi ukrainaliklarga Rossiyaning navbatdagi zarbasidan qo‘rqmasdan deyarli oddiy hayot kechirishiga imkon berishi mumkin.

Yelena Zelenskaya Ukraina hukumatida hech qanday rasmiy lavozimni egallamaydi, biroq urush davom etayotgan to‘rt oydan ortiq vaqt davomida u o‘z darajasidagi siyosatchilar, jamoat tashkilotlari va jurnalistlar bilan faol muloqotda bo‘ldi.

Fikr bildirish

Latest from Blog