Britni Spirsning konserti tufayli Isroilda partiyalar saylovi kechiktirildi


Isroilning «Avoda» partiyasi ichki saylovlari amrikalik xonanda Britni Spirsning konserti bilan bir kunga to‘g‘ri kelib qolmasligi uchun boshqa kunga ko‘chirildi. Bu haqda RIA Novosti «Avoda» partiyasi vakiliga tayanib xabar qildi.

Saylov 3-iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Biroq u bir kun keyinga ko‘chirildi.

«Fikrimiz shuki, qo‘riqlash xizmatida yetishmovchilik yuzaga keladi. Saylov kuni juda ko‘p qo‘riqchilar kerak, albatta Britni Spirsning konsertiga ham. Ularni bir kunda yollashga to‘g‘ri keladi. Ikkita katta tadbir muammolar keltirib chiqarishi mumkin», – deydi suhbatdosh RIA Novosti’ga.

Israelinfo portalining yozishicha, ikki tadbir bir kunda bo‘lsa, Tel-Aviv markazida juda katta tirbantlik yuzaga keladi. Ko‘pchilik partiya a’zolari uchatkalarga vaqtida kela olmasligi mumkin. Xonandaning konserti bo‘lib o‘tadigan «Yarkon» parkiga minglab isroilliklar tashrif buyuradi.

Fikr bildirish

Latest from Blog