Britaniyada oʻtkazilgan soʻrovnomada qatnashgan har uchinchi odam toʻshagini yiliga atigi bir marta yuvishini tan oldi
Shuningdek, inglizlar sochiq va ichki kiyimlarni qanchalik tez-tez yuvishlarini ham oʻrtoqlashdilar. Natijalar hayratlanarli.
Britaniyaliklarning 30 foizi soʻrovnomada choyshablarini faqat “yiliga bir marta” yuvishlarini tan oldi. Soʻrovnoma Hammonds Furniture tomonidan oʻtkazildi, unda 2 ming kishi ishtirok etdi.
Tadqiqot natijalariga koʻra, respondentlarning 36 foizi choyshablarini yiliga bir marta yuvadi. Bundan tashqari, Britaniyaliklarning 18 foizigina jinsi shimlarini kamdan kam yuvishadi (yiliga atigi bir marta).
Shu bilan birga, inglizlar sochiq haqida gap ketganda ancha ozoda ekan. Respondentlarning 40 foizi ularni har foydalanishdan keyin, 45 foizi esa besh marta foydalangandan keyin yuvishadi.
Ichki kiyimga kelsak, respondentlarning 80 foizi ichki kiyimlarini har kiyib yechgandan soʻng yuvishadi, ammo natijalarni gender taqqoslaganda farq qiladi.
25 foiz erkaklar oʻzlarining ichki kiyimlarini faqat besh marta kiyganlaridan keyin yuvishini tan olishdi. 13 foiz ayollar ham xuddi shunday qilishadi. Shu bilan birga, erkaklarning 10 foizi va ayollarning 3 foizi oʻzlarining ichki kiyimlarini kamroq — oʻnta marta kiyganidan soʻng almashtirishlarini aytdilar.